Test varaqalarini bir necha daqiqada tekshiring
Varaqani chop eting, to'ldirilgan varaqlarni CamScanner orqali PDF qilib yuklang. Har bir o'quvchining bali, xatolar tahlili va Excel hisobot avtomatik tayyorlanadi.

Qanday ishlaydi
Uch qadam va hech qanday maxsus uskuna.
- 1
Varaqani chop eting
Tayyor varaqalardan birini tanlang yoki o'zingiznikini yarating. PDF faylni yuklab olib, A4 qog'ozga chop eting.
- 2
CamScanner'da skanerlang
O'quvchilar javoblarni bo'yab bo'lgach, varaqlarni CamScanner ilovasida skanerlab, bitta PDF fayl qilib saqlang. Oddiy telefon rasmi yaramaydi.
- 3
Natijani oling
Faylni yuklang va javoblar kalitini kiriting. Ballar, xatolar tahlili va Excel hisobot avtomatik tayyorlanadi.
CamScanner ilovasini o'rnating
Varaqlarni skanerlash uchun telefoningizda bepul CamScanner ilovasi kerak bo'ladi. Telefoningizga mos do'kondan yuklab oling.
Imkoniyatlar
Tekshirishdagi eng ko'p vaqt oladigan ishlarni tizim bajaradi.
1–3 fanli varaqalar
30, 60 yoki 90 savol, 4 yoki 5 variant, har bir fan uchun alohida raqamlash.
Ikki belgini aniqlash
Bitta savolga ikkita javob belgilansa, tizim buni ko'rsatadi va ball bermaydi.
Ismni sun'iy intellekt o'qiydi
Qo'lda yozilgan ism-familiya sun'iy intellekt yordamida aniqlanadi. Ixtiyoriy xizmat.
Kalitni tuzatish
Kalitda xato bo'lsa, uni tuzating. Barcha ballar qayta skanersiz va bepul yangilanadi.
Tahlil va o'rinlar
Baholar taqsimoti, eng ko'p xato qilingan savollar va o'quvchilarning o'rinlari.
Excel hisobot
Natijalarni bir bosishda tayyor jadval ko'rinishida yuklab olasiz.
Narxlar
Faqat tekshirilgan varaqlar uchun to'laysiz. Obuna to'lovi yo'q, mablag' muddatsiz saqlanadi.
Yakka o'qituvchi
Telegram orqali o'zingiz ro'yxatdan o'tasiz
O'quv markazi
Bitta hisob va har bir o'qituvchiga alohida login
Hisob Click, Payme yoki bank kartasi orqali to'ldiriladi. Tekshiruv bekor qilinsa yoki xatolik yuz bersa, pul to'liq qaytariladi.
Butun markaz bitta hisobda
- Rahbar o'qituvchilarga login va parolni o'zi beradi
- Barcha o'qituvchilar markazning umumiy mablag'idan foydalanadi
- Rahbar har bir o'qituvchining natijalari va sarfini ko'rib turadi
- Markaz logotipi tushirilgan varaqalar va arzonroq narxlar
Markazingizni ulash uchun bog'laning
Telegram: @YShohDushanba - Shanba, 09:00 - 18:00
Ko'p beriladigan savollar
Telefoningizga CamScanner ilovasini o'rnating va har bir varaqni u orqali skanerlang. Ilova varaqni tekislab, aniq PDF holatga keltiradi. Oddiy kamera rasmi yaramaydi: varaq qiyshayadi va soya tushadi. Varaqning to'rt burchagidagi qora kvadratlar to'liq ko'rinsin, barcha varaqlar bitta PDF faylga jamlansin.
Birinchi testingizni bugunoq tekshiring
Telegram orqali ro'yxatdan o'tish bir daqiqa vaqt oladi. Hisobingizga 10 000 so'm sovg'a tushadi.